Tizim tarifi
Narxni usta o‘zi o‘ylab topmaydi. Soatbay tarif platformada belgilanadi — mijoz oldindan ko‘radi.
Uzbego — Qozog‘iston uchun qurilish marketplace. Mijoz buyurtma beradi, to‘lov escrowda saqlanadi, tasdiqlangan usta keladi. Aniq manzil, aniq vaqt, reyting va sharh — hammasi bir platformada.
Telegram va avito’da usta topish oson. Lekin pulni oldindan berish, kelmaslik, bahs va noaniq narx — shu yerda ish buziladi. Uzbego shu muammoni yopadi.
Narxni usta o‘zi o‘ylab topmaydi. Soatbay tarif platformada belgilanadi — mijoz oldindan ko‘radi.
Pul avval platformada qulflanadi. Usta ishni qilgach chiqariladi. Kelmasa — qaytarish yo‘li bor.
Passport, ID karta, ish vaqti, portfolio. Reyting va odamlar sharhi kategoriya ichida turadi.
Yandex Go’dagi kabi: siz bron qilasiz, tizim mos ustani chaqiradi, u tasdiqlaydi yoki keyingisiga o‘tadi.
Santexnika, elektr, plitka, bo‘yoq, tom, konditsioner, tozalash va boshqalar.
Shu yo‘nalishdagi ustalar, reyting, oldingi ish rasmlari va mijozlar sharhi.
Shahar, ko‘cha, uy/dom, kvartira, podezd, domofon, qavat va kirish izohi — Uzum yetkazishdagi kabi.
Xaritada nuqta, ish soati va qulay vaqt. Tarif soatbay hisoblanadi.
Pul usta cho‘ntagiga tushmaydi — avval platformada saqlanadi. Shundan keyin bron yuboriladi.
Mos usta so‘rovni oladi. Qabul qilsa o‘sha kun/vaqt band. Rad etsa — sabab yozadi, keyingi usta chaqiriladi.
Usta keladi, ishni qiladi, rasm joylaydi. Siz baho va sharh qoldirasiz.
Telefon raqam bilan kirasiz. Profil, manzil va tilni o‘zingiz sozlayapsiz. Rasm ixtiyoriy.
Bu alohida ilova. Usta o‘z mutaxassisligi, ish vaqti, passport/ID va portfolio rasmlarini kiritadi.
Kategoriyani bosing — o‘sha yo‘nalishdagi ustalar, ish rasmlari va odamlar fikri ochiladi.
Escrow — to‘lovingiz avval platformada turadi. Usta kelmasa yoki nizo chiqsa, admin aralashadi.
OTP kodi hozircha 123456. Eski versiyani o‘chirib, yangisini o‘rnating — server o‘zi yangilamaydi.
Yo‘q. Platforma asosan Qozog‘iston uchun. Xarita Almaty, Astana va boshqa shaharlarni qamraydi. Yakkasaroy/Olmazor kabi tumanlar shart emas — aniq uy manzili kerak.
Ha, lekin sabab yozishi shart. Ish boshlanishiga 5 soatdan kam qolsa — rad eta olmaydi. Bu mijozni oxirgi daqiqada tashlab ketishning oldini oladi.
Yo‘q. Avval escrow. Usta ishni qilgach, pul chiqariladi. Nizo bo‘lsa admin qaror qiladi.
Mijoz buyurtma beradi. Usta esa kalendar, hujjat va bronlarni boshqaradi. Aralashmasin deb ikkita ilova qilingan.