Qozog‘iston · Qurilish va ta’mirlash

Ustani chaqiring.
Pulni xavfsiz ushlang.

Uzbego — Qozog‘iston uchun qurilish marketplace. Mijoz buyurtma beradi, to‘lov escrowda saqlanadi, tasdiqlangan usta keladi. Aniq manzil, aniq vaqt, reyting va sharh — hammasi bir platformada.

2 ilovaMijoz va Uzbego Ustalar
14+ xizmatSantexnika, elektr, tom…
4 tilUZ · KK · RU · EN
NIMA UCHUN UZBEGO

Oddiy e’lon doskasi emas

Telegram va avito’da usta topish oson. Lekin pulni oldindan berish, kelmaslik, bahs va noaniq narx — shu yerda ish buziladi. Uzbego shu muammoni yopadi.

Tizim tarifi

Narxni usta o‘zi o‘ylab topmaydi. Soatbay tarif platformada belgilanadi — mijoz oldindan ko‘radi.

Escrow to‘lov

Pul avval platformada qulflanadi. Usta ishni qilgach chiqariladi. Kelmasa — qaytarish yo‘li bor.

Tasdiqlangan usta

Passport, ID karta, ish vaqti, portfolio. Reyting va odamlar sharhi kategoriya ichida turadi.

QANDAY ISHLAYDI

Buyurtmadan eshikgacha — 7 qadam

Yandex Go’dagi kabi: siz bron qilasiz, tizim mos ustani chaqiradi, u tasdiqlaydi yoki keyingisiga o‘tadi.

  1. 1

    Kategoriya tanlang

    Santexnika, elektr, plitka, bo‘yoq, tom, konditsioner, tozalash va boshqalar.

  2. 2

    Ustani ko‘ring

    Shu yo‘nalishdagi ustalar, reyting, oldingi ish rasmlari va mijozlar sharhi.

  3. 3

    Aniq manzil yozing

    Shahar, ko‘cha, uy/dom, kvartira, podezd, domofon, qavat va kirish izohi — Uzum yetkazishdagi kabi.

  4. 4

    Kun va soat

    Xaritada nuqta, ish soati va qulay vaqt. Tarif soatbay hisoblanadi.

  5. 5

    To‘lov escrowda

    Pul usta cho‘ntagiga tushmaydi — avval platformada saqlanadi. Shundan keyin bron yuboriladi.

  6. 6

    Usta tasdiqlaydi

    Mos usta so‘rovni oladi. Qabul qilsa o‘sha kun/vaqt band. Rad etsa — sabab yozadi, keyingi usta chaqiriladi.

  7. 7

    Ish va baho

    Usta keladi, ishni qiladi, rasm joylaydi. Siz baho va sharh qoldirasiz.

MIJOZ ILOVASI

Uy egasi uchun — Uzbego

Telefon raqam bilan kirasiz. Profil, manzil va tilni o‘zingiz sozlayapsiz. Rasm ixtiyoriy.

  • Kategoriya hub: ish namunalari, reyting, sharhlar, ustalar ro‘yxati
  • Qozog‘iston xaritasi: Almaty, Astana, Shymkent va boshqa shaharlar
  • Yetkazish darajasidagi manzil — usta adashmasin
  • Buyurtmalar tarixi va holati
  • Til: o‘zbek, qozoq, rus, english — profil orqali
USTA ILOVASI

Ustalar uchun — Uzbego Ustalar

Bu alohida ilova. Usta o‘z mutaxassisligi, ish vaqti, passport/ID va portfolio rasmlarini kiritadi.

  • Bronlar keladi — tasdiqlash yoki rad etish
  • 5 soatdan kam qolsa rad eta olmaysiz; rad etsangiz sabab majburiy
  • Kunlik kalendar: bugun / ertaga qaysi buyurtma bor
  • Tasdiqlangan vaqt band — ikkinchi mijoz o‘sha slotni olmaydi
  • Qabul qilingan buyurtmada to‘liq manzil: domofon, podezd, izoh
XIZMATLAR

Qanday ishlar uchun

Kategoriyani bosing — o‘sha yo‘nalishdagi ustalar, ish rasmlari va odamlar fikri ochiladi.

Santexnika Elektr Plitka Bo‘yoq Gipsokarton Remont Payvandlash Mebel Tozalash Konditsioner Tom Qulf Maishiy texnika Ko‘chirish
ISHONCH

Pul ish tugaguncha xavfsiz

Escrow — to‘lovingiz avval platformada turadi. Usta kelmasa yoki nizo chiqsa, admin aralashadi.

Buyurtma
To‘lov (escrow)
Usta tasdiqlaydi
Ish bajariladi
Pul chiqariladi
YUKLAB OLISH

Android ilovalar (beta)

Versiya 0.2.7. OTP: 123456. Eski ilovani o‘chiring. Telegram ichida yuklanmaydi — Chrome da oching.

MIJOZ

Uzbego

Buyurtma, xarita, escrow, sharh

APK yuklab olish
USTA

Uzbego Ustalar

Bronlar, kalendar, portfolio, hujjatlar

APK yuklab olish
FAQ

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu Toshkent tumanlari uchunmi?

Yo‘q. Platforma asosan Qozog‘iston uchun. Xarita Almaty, Astana va boshqa shaharlarni qamraydi. Yakkasaroy/Olmazor kabi tumanlar shart emas — aniq uy manzili kerak.

Usta rad eta oladimi?

Ha, lekin sabab yozishi shart. Ish boshlanishiga 5 soatdan kam qolsa — rad eta olmaydi. Bu mijozni oxirgi daqiqada tashlab ketishning oldini oladi.

To‘lov usta qo‘liga tushadimi?

Yo‘q. Avval escrow. Usta ishni qilgach, pul chiqariladi. Nizo bo‘lsa admin qaror qiladi.

Ikki xil ilova nima uchun?

Mijoz buyurtma beradi. Usta esa kalendar, hujjat va bronlarni boshqaradi. Aralashmasin deb ikkita ilova qilingan.